«Dunyo« AAning xabar berishicha, uchrashuvda mazkur universitet va Oʻzbekiston oliy taʼlim va ilmiy tadqiqotlar muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturini amalga oshirish, Huquqshunoslik universitetining taʼlim va oʻquv dasturlarini yurtimizda joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Prorektor Piter Krisp Oʻzbekistonga bir necha bor boʻlganini, qolaversa, mintaqa bilan yaqindan tanish ekanini maʼlum qildi. U Oʻzbekistonda Britaniya taʼlim standartlarini joriy etishdan manfaatdorligini taʼkidladi.
Muloqot davomida shu yil 29-30-may kunlari Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “IV International Legal Forum «Tashkent Law Spring” tadbiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida mazkur yoʻnalishda hamkorliklarni jadallashtirishga kelishib olindi.