Bryusselda metro qurilishi paytida XIV asrga oid qal'a devori qoldiqlari topildi

    Belgiya poytaxti Bryusselda yangi metro tarmog'ida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda shaharning ikkinchi qal'a devorining bir qismi hamda yarim doira shaklidagi minora qoldiqlari topildi.

    Bu mazkur turdagi birinchi topilmadir. Bryussel-Midi stansiyasi yaqinida qazish ishlari olib borildi. Tarixchilarning ta'kidlashicha, XIV-asrda Bryussel aholisi va iqtisodiyoti tez o'sgan. Shahar maydonlarining kengayishi munosabati bilan ikkinchi mudofaa devorini qurish zarurati tug'ilgan. Solnomalarga ko'ra, 1357-yilda uning birinchi toshi qo'yilgan.

    Ikkinchi Bryussel devori birinchisidan ikki baravar uzun edi. Uning uzunligi sakkiz kilometrga etgan. Devor tarkibida yetmishga yaqin yarim doira shaklidagi minoralar va ikkita dumaloq minoralar, shuningdek, yettita darvoza kirgan.

    Olimlar metro qurilishi bo'yicha keyingi ishlar davomida boshqa arxeologik obyektlar topilishi mumkinligini ta'kidlashdi, deb xabar beradi mir24.tv.