TURKSOY xalqaro tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida Evroparlamentda turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Shuningdek tadbirda TURKSOYning Evropa Ittifoqi deputatlari, xorijiy diplomatlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Xiva tarixiga oid ko'rgazma, o'zbek san'atkorlari ishtirokida kontsert va o'zbek taomlari ko'rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.