Tadbirda “BSEC URTA” Prezidenti Eduart Kasa, tashkilot Bosh kotibi Mexmet Uylukchu, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU) Prezidenti Radu Dinesku, IRU Bosh kotibi Umberto de Pretto, TDT Bosh kotibi oʻrinbosari Mirvohid Azimov, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov, Oʻzbekiston Halqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) Raisi Sanjar Pulatov va tashkilotga aʼzo davlatlar vakillari ishtirok etdilar.
Yigʻilish davomida Bosh Assambleya ishtirokchilari mintaqada avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish, chegaralarni kesib oʻtish tartib-qoidalarini uygʻunlashtirish va soddalashtirish, xalqaro tashkilotlar va manfaatdor tomonlar bilan yaqin hamkorlik qilish bilan bogʻliq muhim masalalarni koʻrib chiqdilar.
Shuningdek, majlisda Qora dengiz Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotining 2025-yil ish rejalari koʻrib chiqilib, “BSEC URTA” Bosh assambleyasining 44-yigʻilish yakuni boʻyicha qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.