Qayd etilishicha, ish haftasi davomida 36-39 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda 40 darajagacha boʻladi.
Ushbu kunlarda respublika hududi boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo qayd etiladi.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda: havo ochiq va quyoshli boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +36...+39 daraja, kechasi +21...+24 daraja boʻladi.