Oʻzgidromet xabariga koʻra, havo harorati asosan kechalari 12-17 daraja, kunduz kunlari 24-29 daraja atrofida boʻladi.

22-23-sentyabr va 26-sentyabr kunlari Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

24 va 26-sentyabrda respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Harorat asosan kechalari +13...+16 daraja, kunduzi 22-23-sentyabrda +24...+27 daraja, 24-26-sentyabrda +27...+29 daraja boʻladi.