Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimolda va choʻl hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 20-25° dan oshmaydi.

Ertaga Turkmanistondan bulutlarning keyingi qismi kirib kelishida janubiy markaziy va sharqiy tumanlarda yomgʻir yogʻadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlari boʻyicha shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 15-20° boʻladi.

Chorshanba kuni respublikaning katta qismida yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarning baʼzi joylarida kuchli boʻladi, baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 5-8° gacha iliq, shimolda baʼzi joylarda 0-2o gacha sovuq, kunduzi 13-18o gacha pasayadi.

Payshanba va juma kunlari Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari havo harorati minimal darajaga yetadi va 3-5o iliq atrofida boʻladi, quyosh nurlari isitishi natijasida kunduz kunlari 17-22o gacha koʻtariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi.