“Tumanni rivojlantiraylik, ish oʻrni yarataylik, sanoatni rivojlantiraylik deb bor kuchimizni berib, mehnat qilayotgan vaqtimizda salbiy illatga oʻzi qarshi kurashishi kerak boʻlgan xodimni qilgan bu xiyonati yuzimizni yerga qaratdi”, – dedi tuman rahbari.
Sherali Sanayev qoʻshimcha qilib, “Ichingizda shunday illat bormi, ishni qoʻyingda keting. Ishlaydiganlarni ham qoʻlini ishdan sovitmang” dedi.
Tuman rahbari oʻrinbosarlarga jiddiy ogohlantirish berib, hech bir rahbar kechirilmasligini taʼkidlagan. Huquq tartibot organlariga korrupsiya haqida maʼlumot bormi, keskin chorasini koʻrish kerakligi, kechirmaslik kerakligini aytgan.