Bu yil eksportning asosiy tarkibini polietilen va sanoat xizmatlari tashkil etdi

    Sanoat 17 Aprel 2023 1307

    2023 yil yanvar-mart oylarida “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun belgilangan maqsadli eksport koʻrsatkichlari prognozi 75,3 million dollarni tashkil etib, amalda ushbu koʻrsatkich 87,5 million dollarga yetkazildi va belgilangan reja 116,3 foizga bajarildi.

    Jamiyat eksporti tarkibida polietilen (51%) va sanoat xizmatlari (15%) asosiy ulushni tashkil etdi.

    Shuningdek, ichki bozordan ortgan 24,0 ming tonna miqdoridagi “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan sintetik nafta mahsuloti eksportga yoʻnaltirildi.

    Ayni paytda “Uzbekistan GTL” zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan sintetik dizel mahsulotining eksport narxi 1 tonnasi uchun 747,1 dollargacha pasaytirilib, doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi orqali savdolariga qoʻyib borilyapti.

    Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ mahsulotlari dunyoning 18 ta davlatiga eksport qilinyapti. Turkiya, Latviya, Afgʻoniston, BAA, Xitoy va Rossiya davlatlari “Oʻzbekneftgaz” AJning asosiy eksport hamkorlari hisoblanadi.

    Joriy yil yanvar-aprel oylari yakuni bilan 128,1 million dollar miqdoridagi mahsulot va xizmatlar eksport qilinishi va eksport maqsadli koʻrsatkichlari 104,0 foizga bajarilishi

    kutilyapti, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.