Bu yil robototexnika boʻyicha xalqaro musobaqa onlayn oʻtkaziladi

    Keyingi avlod 20 Oktabr 2020 657

    Avval xabar qilinganidek, 3-8-noyabr kunlari “InnoWeek” innovatsion haftaligi oʻtkaziladi. Mazkur haftalik doirasida yoshlar oʻrtasidagi Robotics Challenge IRC musobaqasining navbatdagi bellashuvlari ham boʻlib oʻtadi.

    Robototexnika boʻyicha har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazilayotgan mazkur musobaqa pandemiya munosabati bilan ilk bora onlayn tashkil etiladi.

    Musobaqa doirasida turli xil yoʻnalishlarda innovatsion loyihalar taqdimoti, treninglar, xalqaro robototexnika musobaqalari onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

    Musobaqada ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlarning arizalari www.robochallenge.uz rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Bu yerda ishtirokchilar ularga qoʻyiladigan talablar bilan atroflicha tanishishlari mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

    International Robotics Challenge IRC onlayn musobaqasi 4 yoʻnalishda oʻtkaziladi:

    - Falakdan narvon — Stairway from Heaven (8-12 yosh)

    - Moʻri — Chimney (13-16 yosh)

    - Kelajakni qurish — Build the Future (8-14 yosh), (14-30 yosh)

    - Robotlar olamiga sayohat — Journey to the world of robotics