Shu kunlarda dala zahmatkashlari tomonidan soya oʼrim-yigʼimi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Mavsum boshidan buyon 603 gektar soya yigʼishtirib olindi. Joylarda hududiy don korxonalari tomonidan urugʼlik soya qabul qilindi.

Hozir davlatimiz tomonidan soyachilikni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas. Bu orqali aholini ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan oʼta foydali ozuqa bilan taʼminlashga erishiladi.

Soya oʼsimligi biologik xususiyatiga koʼra, joy tanlamaydi. Shoʼrlangan, yer osti suv sathi koʼtarilgan ekin maydonlarida ham oʼsaveradi. Shuningdek, uni aralash usulda parvarishlash juda qulay. Eng muhimi, u yerni «davolaydi», tuproqni azot bilan boyitadi. Dukkakli oʼsimlik boʼlgani bois har gektar yerda 55-60 kilogramm, baʼzida 80-100 kilogrammgacha sof azot yigʼib beradi.

Shuni hisobga olgan holda Toshkent viloyati mirishkorlari ham soyachilik tarmogʼiga katta eʼtibor qaratilyapti.