Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi.

Lekin, shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir toʻxtamga kelib, qayerdan, qanday navli urugʻ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmagani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urugʻlik chigitni olib kelish topshirildi. Umuman, joriy yilda 100 ming gektarda yuqori hosildor xorijiy paxta navlarini ekish muhimligi taʼkidlandi.