Bu yilgi yutuqlarni Tokio olimpiadasida kabi faqat yakka kurash sport turlari hisobidan qoʻlga kiritamiz, degan fikr mutlaqo notoʻgʻri ekani taʼkidlandi.

Bu yilgi Olimpiya oʻyinlaridagi natijalar tariximizda eng yaxshisi boʻlishi uchun zarur choralarni hozirdan koʻrish topshirildi.

Sport vazirligiga Parij-2024ga tayyorgarlik koʻrayotgan sportchilarimiz uchun 15 ta Olimpiya va Paralimpiya markazida hamda Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi 14 ta sport bazalarida barcha sharoitlarni yaratish topshirildi.

Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari bilan birgalikda ularni chuqurlashgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, farmakologiya va diyetologiya jihatidan sifatli taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.