Shundan buyon Kaspiy sohilidagi 5 ta davlat – Qozog'iston, Ozarbayjon, Eron, Rossiya va Turkmaniston xalqlari bu sanani Xalqaro kaspiy kuni sifatida nishonlaydi.

Tehronda imzolangan konventsiya Kaspiy dengizi mintaqasini muhofaza qilish bo'yicha umumiy talablarni o'z ichiga oladi va buning uchun zarur institutsional mexanizmlarni yaratishni nazarda tutadi.

Ekologik sana Evrosiyoning jadal rivojlanayotgan sanoat, transport va kurort markazida atrof-muhitni muhofaza qilish, bu sohada besh mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va ekologik ta'limni targ'ib qilish maqsadida qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, 2019 yil 11-12 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanboshi shahri yaqinidagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida “Kaspiy dengizi: xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish samaralari” mavzusida birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi bo'lib o'tgan edi.

Shu forumda O'zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etgan.