Bugun 5 ballgacha boʻlgan kuchli magnit boʻroni kuzatiladi

    Bilasizmi? 24 Mart 2023 2274

    Bugun, 24-martda kuchi 5 ballga teng boʻlgan yangi magnit boʻronining eng kuchli geozarbalari sayyoramizga taʼsirini oʻtkazadi.

    Kuchli geozarbalar juma kuni kechasi soat 3 da boshlangan va kun oʻrtasigacha davom etadi. Keyin boʻronning kuchi pasayib, 3-4 ballgacha tushishi kutiladi. Biroq, xotirjamlik davri uzoq davom etmaydi. 25-mart, shanba kuni kechqurun 5 ballik geomagnit boʻroni boshlanadi, deb yozadi “MK.ru”.

    Mutaxassislar magnit boʻronlariga oldindan tayyorgarlik koʻrishni maslahat beradi.

    Jismoniy faollikni kamaytiring. Qoʻshimcha ish bilan shugʻullanmang, shuningdek, ogʻir uy ishlarini va sport zalida intensiv mashgʻulotlarni boshqa kunga rejalashtiring.

    Surunkali kasalligingiz boʻlsa, shifokor tavsiya etgan dori-darmonlarni qabul qiling. Stressli kunlarda shifokor tomonidan tasdiqlangan sedativ preparatlarini yoki tinchlantiruvchi oʻsimlik damlamalarini qabul qilish tavsiya etiladi.

    Oʻz ratsioningizni koʻrib chiqing. Tuzlangan va dudlangan mahsulotlarni taomlar roʻyxatidan chiqarib tashlash kerak, ular shish va qonning quyuqlashishini oshirishi mumkin. Yashil choy yoki oddiy suv qonning quyuqlashishini pasaytirishga yordam beradi. Katta yoshdagilar kuniga vazniga qarab 1,5-2 litr toza suv ichishi kerak.

    Kuniga kamida 1 soatdan kam boʻlmagan vaqtda ochiq havoda, yaxshisi havosi toza boʻlgan bogʻda yuring. Muntazam ravishda xonalar havosini almashtirib turish, shuningdek, koʻchada sokin sayr ham foyda keltiradi.

    Uzoq safarlarni, ayniqsa rulda yurishni, boshqa kunga koʻchirganingiz yaxshi.

    Asabiylashmaslikka va mojarolarga aralashmaslikka harakat qiling - stress bosimning koʻtarilishi, yurak urishini tezlashtirish va bosh ogʻrigʻiga olib kelishi mumkin.

    Spirtli ichimliklarni umuman qabul qilmang. Bu sizni oʻzingizni faqat yomon his qilishingizga olib keladi va surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin.