Bugun kunduz kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining baʼzi joylarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.

Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12 daraja iliq boʻladi.

Poytaxtimizda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11 daraja iliq boʻladi.

Togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq boʻladi.