Isteʼdodli tennischimiz mamlakatimizning birinchi raketkasi sifatidagi ilk turnirini Makedoniyada oʻtkazadi. Hamyurtimiz ushbu davlat poytaxti boʻlmish Skopye shahrida tashkil etilayotgan “Fyuchers” turnirining asosiy toʻrida oʻz imkoniyatini sinovdan oʻtkazadi.
Bugun Humoyun Sultonov ilk davra uchrashuvida serbiyalik Dushan Obradovichga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 16:40 da boshlanadi.
Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Cultonov ATP reytingida 370, Obradovich esa 1007-oʻrinni egallab turibdi.