Bugun soat 18:00da Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda “Ijod studiyasi” tomonidan yaratilgan Oʻzbekiston Qahramoni Ozod Sharofiddinov haqidagi hujjatli film premyera qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboniga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida yaratilgan.

Ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, postanovkachi rejissyor Joʻrabek Roʻzmetov, postanovkachi operator Iqboljon Meliqoʻziyev.

Adiblar xiyobonida 6-sentyabrdan buyon har kuni boʻlib oʻtayotgan premyeralar “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati