Bugun Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

    Bugun insoniyat Olimpiya o‘yinlaridagi eng ajobtovur, tarixiy ochilish marosimiga guvoh bo‘ladi.

    Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bugungi tadbirni takrorlanmas tarzda o‘tkazib, barchaning hayratini yana bir karra oshirishi kutilyapti. Parad vaqtida davlatlar yuzga yaqin kemalarda daryo uzra ko‘rinish beradi.

    Marosim Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.