"Hududgazta'minot" AJning ma'lum qilishicha, bugun poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Jumladan, Uchtepa tumani Istirohat ko'chasida, Toshkent kichik xalqa avtomobil yo'li ko'chasida, Degrez ko'chasida hamda Shayxontohur tumanining “Katta hovuz”, “Yangishahar”, “Jalilobod” mahallalarida, Qo'rg'oncha, Istirohat, Ko'kcha darvoza, Ranniy ko'chalarida, “TS-26” mavzeda, “TS-3” mavzeda joylashgan Suv isitish qozonxonasida hamda yuqorida ko'rsatib o'tilgan manzillardagi ulgurji tashkilotlarda gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Yunusobod tumani Namangan ko'chasida joylashgan gaz quvurini mavsumga tayyorlash maqsadida bugun soat 10:00 dan 18:00 gacha ta'mirlash ishlari olib boriladi.  Shu vaqt oralig'ida Namangan, Gulchilar, Namangan 1-tor ko'chalarida gaz ta'minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Poytaxt aholisidan ehtiyotkorlik choralarini ko'rish so'raladi.