Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayadi, baʼzida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonli kuzatilishi mumkin. Havo harorati 27-32° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-29° atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.