Bugun Quyosh “kattalashadi”

    4-yanvar kuni sayyoramiz aholisi 2025-yildagi eng katta quyosh diskini kuzatishi mumkin bo'ladi. Quyosh Yerdan minimal masofada bo'ladi.

    Bu haqda Moskovskiy planetariy xabar bermoqda.

    “4-yanvar – Yer perigeliyda, Quyoshga eng yaqin masofada joylashgan bo'lib, bu bizga 2025-yilda Quyoshning eng katta diskini kuzatish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

    Astronomlarning aytishicha, bu yil ikki marta Oy va ikki bor Quyosh tutilishi sodir bo'ladi. Oy tutilishi 14-mart va 7-sentabr kunlari, quyosh tutilishi esa 29-mart va 21-sentabr kunlari kuzatiladi.

    16-yanvar kuni Marsni kuzatish uchun eng yaxshi sharoit bo'ladi. Ushbu hodisa “Mars qarama-qarshiligi” deb ataladi va u sayyora Yerga eng qulay masofada yaqinlashganda yuz beradi, deb xabar beradi report.az.