14-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 18:05 dan 23:55 gacha Quyosh tutilishi hodisasi yuz beradi.
“Turli fazalardagi tutilish Shimoliy va Janubiy Amerikada, shuningdek, Tinch va Atlantika okeanlarida kuzatiladi. Bu Rossiyada ko'rinmaydi”, deyiladi xabarda.
Oy tutilishi 28-oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 22:36 dan 23:53 gacha sodir bo'ladi. Oy Yer soyasining shimoliy qismidan o'tadi.
Oy tutilishi tun bo'lgan joylarda ko'rinadi. Bu hodisani Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir qismi, Tinch, Atlantika, Hind okeanlari, Arktika va Antarktidadan ham kuzatish mumkin. Rossiya va MDH mamlakatlari aholisi (eng sharqiy mintaqalar bundan mustasno) tutilishning barcha bosqichlarini ko'rish imkoniyatiga ega.
Quyosh va Oy tutilishi har olti oyda bir marta sodir bo'ladi, ular orasidagi vaqt oralig'i ikki hafta. Bunday paytlarda Quyosh, Yer va Oy bir chiziqqa tiziladi. Quyosh tutilishida Oy o'rtada, Oy tutilishida esa Yer o'rtada bo'ladi, deb xabar beradi tass.ru.