Oy to'lganida Quyoshni to'liq yopadi, halqa holatida esa tabiiy yo'ldosh Yerdan uzoq masofada joylashgani uchun Quyosh diskini to'liq to'sa olmaydi, natijada uning chekkasida yonayotgan plazma paydo bo'lganga o'xshash tasavvur uyg'otadi.
Noyob hodisani Avstraliya, Sharqiy Timor va Indoneziyaning sharqiy orollari aholisi kuzatish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Shu bilan birga, ularning aksariyati faqat halqa shaklidagi quyosh tutilishini kuzatdi, Oy Quyoshni faqat Avstraliyaning g'arbiy sohilidagi kichik Eksmut shaharchasi ustida to'liq qopladi.
Bu har 100 yilda bir necha marta yuz beradi. Keyingi gibrid quyosh tutilishi Shimoliy Amerikada 2031-yil 14-noyabrda sodir bo'ladi, deb xabar beradi euronews.com.