Tong otishidan 2-2.5 soat avval Quyosh chiqadigan tomonda bir biriga yaqin 2 ta juda yorqin yulduz (aslida eng yorqini Venera sayyorasi yaqinidagi esa Yupiter) koʻrindi, Quyosh chiqishidan avval esa Merkuriy ham ufqdan chiqib keldi. Demak jami 3 ta sayyora sharq tomonda!

Janubiy-gʻarbiy osmonda esa Saturn sayyorasi koʻz bilan yulduz sifatida koʻrindi. Saturnning yaqinida esa Neptun ham bor edi, lekin Neptun hatto teleskop bilan ham koʻrinmadi. Uran sayyorasi ham bu parad ichiga kirdi, lekin Uran sayyorasi ham koʻz bilan koʻrinmadi. Uran sayyorasi hozirda Hulkar (boshqa nomi Pleiades yoxud yetti opa-singil) yulduz toʻdasi yaqinida joylashgan.

Agarda siz Mars sayyorasiga qiziqsangiz uni ham teleskopsiz koʻrishingiz mumkin. Mars Quyosh botgandan keyin osmonning gʻarbiy qismida botishni boshladi va Parad boshlanguncha Mars gʻarb tomon ufqqa botib ketdi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, dastlab Marsni tun boshlangach, osmonda gʻarb tomonda koʻz bilan ham koʻrish mumkin boʻldi (qizil yulduz boʻlib koʻrindi).

Quyosh chiqishidan 2.5 soat avval esa janubiy-gʻarbiy osmonda Saturn, sharqiy osmonda esa Yupiter, Venera va Merkuriy sayyoralari koʻrindi.