Bugun Toshkent shahrida Olimpiya delegatsiyasi tantanali kutib olinadi

    Sport 12 Avgust 2024 396

    XXXIII yozgi Olimpiadada tarixiy natija koʻrsatib, Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan, yurt bayrogʻini koʻklarga koʻtargan sportchilarimiz bugun soat 19:00da Oʻzbekistonga yetib keladi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan, chempionlar Toshkent aeroportida (terminal-3) tantanali kutib olinadi.

    Bu haqda Sport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Taʼkidlanishicha, aeroportda oʻtkaziladigan tantanali kutib olish marosimidan soʻng, sportchilarimiz oʻtirgan avtobus kortejlari shahar boʻylab harakatlanadi.

    Chempionlarni munosib kutib olish uchun zarur tayyorgarlik koʻrilmoqda.

    Rasmdagi doira shaklida belgilangan nuqtalarda esa yurtdoshlarimiz xavfsizlik chora-tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda chempionlarni gʻalabalar bilan qutlashlari mumkin.