Uning narxi BHMning 89 foizini, yaʼni 198 ming 470 soʻmni tashkil etadi.
ID-kartalari zarur hujjatlar va maʼlumotlar qabul qilib olingandan soʻng bir ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi.
ID-kartalar ikki bosqichda beriladi. 2021-yil 1-yanvardan 2022-yil 31-dekabrgacha davom etadigan 1-bosqichda ixtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra ID-kartalar beriladi.
2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabr oraligʻida ID-kartalar fuqarolarga majburiy tartibda almashtiriladi. Oʻzbekiston fuqarosining 2011-yil namunadagi biometrik pasporti 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas, deb hisoblanadi.