Niqob kiyish barcha yopiq jamoat joylarida, shu jumladan poyezd stansiyalari va aeroportlar, banklar va pochta boʻlimlari, doʻkonlar va ibodatxonalarda majburiy hisoblanadi. Qoidabuzarlarga 135 yevro jarima solinadi.
Euronews xabariga koʻra, prezident Emmanyuyel Makron 14-iyul, Bastiliya kuni munosabati bilan bergan intervyusida mamlakatda koronavirusning qaytishi belgilari borligi, ammo rasmiylar bunga tayyor ekanligini aytdi.
Soʻnggi kunlarda COVID-19 alomatlari boʻlgan bemorlar tomonidan tez yordamga qilingan qoʻngʻiroqlarning soni keskin oshib ketdi. Soʻnggi bir hafta davomida 600 nafardan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi, ularning 70 nafari hozir reanimatsiyada. Soʻnggi bir kun ichida 14 nafar inson yuqumli kasallikdan vafot etdi.
Mamlakat boʻylab ushbu kasallikning yangi oʻchoqlari aniqlandi. Toʻrtta hududda vaziyat ayniqsa tashvishga solmoqda: Fransiya Gvianasi, Mayota, Mayen va Jironda.
Reyunion, Bretan va Provans-Alp-Lazur qirgʻoqlarida har bir kasallangan odam yana qancha odamga yuqtirganini oʻlchaydigan Koronavirus koʻpayish indeksi sezilarli darajada oʻsdi.