Bugundan oʻqishni koʻchirish uchun ariza topshirish boshlanadi

    Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun 15-iyuldan OTMlarda oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlanadi.

    Bu haqda Taʼlim nazorati xabar berdi.

    Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

    transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;

    my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

    Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

    — Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;

    — Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.

    Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga oʻtish uchun imtihon topshiradi.

    Ushbu imtihonda talabalar quyidagi jadvalda koʻrsatilgan ballarni toʻplay olsa oʻqishini koʻchira oladi:

    Oʻtish ballini toʻplolmaganlar «super-kontrakt» bilan qabul qilinishi mumkin. Yoki @mandat_javobbot orqali oʻqishni koʻchirish boʻyicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, oʻtish ballari va super kontrakt miqdori bilan tanishishi mumkin.

    Abituriyentlarga oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar «perevod»chilar uchun amal qilmaydi.