Biroz avval bugungi dasturdan oʻrin olgan ilk medallar jamlanmasi oʻz egalarini topdi. Erkaklar oʻrtasidagi snoubord musobaqasining xaf-payp yoʻnalishida yaponiyalik Ayumu Xirano eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioni boʻldi.
Avstraliyalik Skotti Jeyms kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, shveysariyalik Yan Sherrer bronza medaliga sazovor boʻldi. Toʻrtinchi va beshinchi oʻrinlarni AQSH vakillari band etishdi.
Pekin-2022. Snoubord. Erkaklar. Xaf-payp
1. Ayumu Xirano (Yaponiya) – 96,00
2. Skotti Jeyms (Avstraliya) – 92,50
3. Yan Sherrer (Shveysariya) – 87,25