Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi yig'ilish bayoniga asosan, karantin choralari yumshatilishi munosabati bilan 2020 yil 1 oktyabrdan to'yxonalar faoliyatiga ruxsat etilgan.

Bunda to'yxonalarda oilaviy tantana, to'y, ma'raka va marosimlarni o'tkazish uchun 30 kishidan ko'p bo'lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat'iy rioya etgan holda o'tkazilishi belgilangan.