Davlatimiz rahbari koʻp millatli xalqimizni bugungi katta bayram bilan samimiy qutladi

    Bugungi majlis mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganligining 33-yilligi bilan bir kunda oʻtayotganligida ramziy maʼno mujassamligi taʼkidlandi.

    Milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz va erkimiz ramzi boʻlgan bayrogʻimiz oʻtgan davrda yirik xalqaro ilm-fan, madaniyat va sport tadbirlarida va shohsupalarida baland xilpirab, barchamizning qalbimizdan chuqur joy olib, milliy gʻururimiz timsoliga aylandi.

    Fursatdan foydalanib, davlatimiz rahbari deputatlarni, ular orqali koʻp millatli butun xalqimizni bugungi katta bayram bilan samimiy qutladi.