Bu ishlar, avvalo, toʻqimachilik, qurilish va qurilish materiallari, eltexsanoat, mashinasozlik yoʻnalishlarida boshlanadi.

Bundan buyon bilim va malakani baholash jarayonlari bosqichma-bosqich nodavlat tashkilotlarga oʻtkaziladi.

Oliy taʼlim vazirligiga bakalavr yoʻnalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yoʻnalishlardagi taʼlim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.

Aniq va fundamental fanlar boʻyicha ilgʻor darsliklarni xorijiy tillardan bosqichma-bosqich tarjima qilish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.