Bu jamgʻarma yoshlarni koʻproq kasbga, tadbirkorlikka oʻrgatib, bandligini taʼminlashga xizmat qilishi kerak boʻlsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablagʻni bandlikka yoʻnaltirgan, “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:
- endi yoshlarga kasbga oʻqish, mehnat quroli, urugʻ-koʻchatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning oʻzida foydalanish imkoniyati yaratiladi;
- urugʻ va koʻchat uchun 2,5 million soʻm oʻsha hududdagi urugʻ-koʻchat xoʻjaliklaridan sotib olish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;
- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf oʻquvchilari ham qamrab olinadi;
- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga oʻqitishga yoʻnaltiriladi;
- joriy yilda zamonaviy kasblarga oʻqitish uchun 100 milliard soʻm ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar oʻqitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablagʻ ajratiladi.