Butunjahon ijtimoiy himoya forumi 2022-yil 24-28-oktyabr kunlari davom etadi. Mazkur xalqaro forum 150 mamlakatdan 1000 dan ortiq ishtirokchilar uchun muammolar haqida fikr almashish, innovatsion yechimlardan foydalanish va ijtimoiy taʼminot kelajagi strategiyalarini belgilash imkoniyatini taqdim etadi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro ijtimoiy taʼminot uyushmasi (XITU) aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona siyosatni amalga oshirish boʻyicha xalqaro tashkilotdir. Shu bilan birga, boshqa xalqaro ijtimoiy tashkilotlar faoliyatida ham faol ishtirok etadi.

XITU 1927-yilda butun dunyo boʻylab ijtimoiy taʼminot institutlari forumi sifatida tashkil etilgan hamda 160 mamlakatdan 320 ga yaqin milliy ijtimoiy taʼminot institutlarini birlashtiradi.

XITU ijtimoiy sohada qator xalqaro tashkilotlar, birinchi navbatda, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.

XITU Bosh Assambleyasi aslida ijtimoiy sohadagi eng yirik xalqaro tashkilotdir. Unda anʼanaviy tarzda globallashuv va axborotlashtirish jarayonlari, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida tijoratlashuv jarayonlari bilan bogʻliq dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlarni hisobga olgan holda milliy ijtimoiy tizimlarni rivojlantirishning eng dolzarb muammolari va istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilinadi.