Butunjahon turizm kuni munosabati bilan “Turizm fidoyilari” taqdirlandi

    Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan bir qator ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun 27-sentyabr Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Samarqand shahrida info-tur tashkil etildi.

    Tadbirda davlat va sayyohlik tashkilotlari vakillari tashkilotlari, diplomatik korpus, tadbirkorlar, sanʼat namoyandalari, talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni bosh vazir oʻrinbosari – turizm va madaniy meros vaziri, “Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov ochib berdi.

    “Bugun ushbu bayram munosabati bilan biz, anʼanaviy tarzda, Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshgan sanʼat va madaniyat arboblarini, turizm sohasi, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillarini, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlarini ʻTurizm fidoyisiʻ koʻkrak nishoni bilan taqdirlamoqchimiz. Ishonchim komilki, ushbu tadbir turizm sohasida yangi yutuqlarni boshlanishi uchun kuchli turtki boʻladi, shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro miqyosdagi yeng yaxshi va xavfsiz sayyohlik yoʻnalishlaridan biri sifatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi”, Aziz Abduhakimov.

    Bir qator sanat va madaniyat xodimlari, turizm, davlat va xalqaro tashkilot vakillari, tadbirkor va OAV xodimlari Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirdandi.

    Samarqand viloyati hoqimi Erkinjon Turdimov, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov, huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdiyev, tadbirkor Hasan Mamasaidov, teleboshlovchi Amirxon Umarovga ham Turizm fidoyisi koʻkrak nishoni topshirildi.