Avvalroq, Fargʻona viloyati Buvayda tumanidagi qishloqlardan birida zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilgani, jarayon vaqtida tuman hokimi oʻrinbosari tomonidan Ekologiya qoʻmitasi inspektoriga qarshilik koʻrsatilgani aks etgan videotasvirlar tarqalqani haqida xabar bergandik.
Fargʻona viloyat hokimligi mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ishchi guruh tuzildi va oʻrganish ishlari olib borilgani toʻgʻrisida maʼlum qilgandi.
Oʻrganish ishlari natijasida Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari S.Xizirov lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, holat boʻyicha viloyat prokuraturasi tomonidan ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, hozirda surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Yakuni boʻyicha hokim oʻrinbosarining xatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi.