Voqea Ekologiya qoʻmitasi raisi maslahatchisi Rasul Kusherbayevning talqinicha, Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida Ekologiya qoʻmitasi inspektori Axrorjon Niyozovga tuman hokimi oʻrinbosari Saidali Xidirov kuch ishlatib, milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgan.
Qayd etilishicha, aholi murojaatiga asosan holat joyiga tezkor yetib borgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlab, uni toʻxtatish va belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi boʻlgan.
Biroq uning qonuniy harakatiga zoʻravonlik yoʻli bilan qarshilik qilinmoqda, deydi Rasul Kusherboyev u
oʻzining telegram kanalida.
Shuningdek, u Ekologiya milliy qoʻmitasi hokim oʻrinbosari va boshqa masʼul shaxslarning bu harakatini keskin qoralashanini va ularning qonuniy javobgarlikka tortilishi choralarini koʻrishini qoʻshimcha qildi.
Shuningdek, voqe yuzasidan Fargʻona viloyati hokimligi Axborot xizmati ham munosabat bildirdi. Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi oʻrinbosari H.Dolimov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, joyiga oʻrganish uchun yuborildi. Oʻrganish yakuniga koʻra holatga qonuniy baho beriladi.








