Mazkur holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgani maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Inspeksiya masalani oʻrganish jarayonida Fargʻona viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan mehnat qonunchiligi talablari buzilgan holda maktab direktori lavozimidan ozod etilgani aniqlandi.
Inspeksiya tomonidan berilgan yozma koʻrsatmaga asosan, Boshqarmaning 2026-yil 6-yanvardagi 1-k-sonli buyrugʻi bekor qilindi.