Audit davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xodimlari boshqaruv tamoyillari talablari boʻyicha yuqori malakasini namoyish etdi.
Yevropa organlari tomonidan zavodda ishni yuqori saviyada tashkil etilgani, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilgani, tizim muntazam takomillashtirilib borilgani uchun “Platina” sertifikatiga loyiq topildi.
2022-yil 21-aprelda “Management Certification” MCHJ direktori Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbariga korxonaning sogʻliqni saqlash va mehnat xavfsizligini taʼminlash tizimi “ISO 45001:2018” xalqaro standartiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi platina sertifikatini topshirdi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Ushbu sertifikatni qoʻlga kiritish sarmoyadorlarni jalb qilish istiqbollarini yaratadi, shuningdek, respublikamiz va neft-gaz sanoatining jahondagi mavqeini yanada yuksaltiradi.