Olingan maʼlumotlarga koʻra, portlash oqibatida ikki nafar ishchilarga yengil tan jarohati yetgan. Jabrlanganlar shahar kasalxonasiga joylashtirildi. Hozirgi vaqtga kelib, halok boʻlganlar yoʻqligi maʼlum boʻldi. Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyida ish olib boryapti.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.