Jumladan, jamiyat tizmidagi Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, “Oʻzneftegazquduqtaʼmirlash” AJ, “Buxoro neft bazasi” MCHJ, Buxoro viloyatidagi “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ va Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi boʻlinmalari, “Navoiy neft bazasi” MCHJ hamda ularning filiallarining sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari oʻrganildi.

Oʻtkazilgan 4-pogʻona nazorat tekshiruv natijalariga asosan sanoat xavfsizligi yoʻnalishida 101 ta, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yoʻnalishida 53 ta, gaz xavfsizligi yoʻnalishida 8 ta, yongʻin xavfsizligi yoʻnalishida 41 ta, elektr xavfsizligi yoʻnalishida 17 ta, atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida 40 xamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yoʻnalishi boʻyicha 15 ta kamchiliklar aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga koʻra, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati boʻyicha bir qancha kamchiliklarga yoʻl quygan 13 nafar xodimlarga chora koʻrildi va 19 nafar xodimlar ragʻbatlantirildi.

Monitoring jarayonida boshqarma va korxona mutaxassislariga ishlarni tashkillashtirish, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi, energetika va mexanika yoʻnalishlarida amaliy yordam berilmoqda.

Oʻrganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tuzildi. Chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan boshqarma va korxonalar masʼul xodimlariga topshiriqlar berildi.

Elbek SHOMURADOV,

Sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi boʻli