Buxoro va Toshkent viloyatlarida energiya resurslariga noqonuniy ulangan issiqxonalar fosh etildi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Kogon tumanidagi issiqxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 3 mln kub/metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,6 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

    Shuningdek, “B.B.” MCHJ rahbari R.Sh. ijara shartnomasi asosida “K.E.” MCHJga tegishli issiqxonadan foydalanib kelib, 488,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Shu kabi, Departamentning Qibray tumani boʻlimi, DXX va “Qibraytumangaz” GTB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. tijorat maqsadida “Obod” MFY hududida joylashgan issiqxonada umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga rezina shlang yordamida yashirincha ulanib, jami 288,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.