Hayʼat Buxoro davlat universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan “Buxoro viloyatida granulali omuxta yem ishlab chiqarish”ni tashkil etish boʻyicha tijoratlashtirish loyihasini moliyalashtirishga 454 mln. soʻm ajratiladi.

Granulali omuxta yem ozuqani qoramol yaxshi hazm qilishi, ularning mahsuldorligini oshirishi hamda olinadigan birlik mahsulotga chorva ozuqasi sarf-harajatlarni qisqartirish imkonini berishi taʼkidlab oʻtildi.

Mazkur loyiha “Novator chorvador” MCHJ tomonidan Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Gʻaforobod” fermer xoʻjaligida ajratilgan ishlab chiqarish binosida amalga oshirilishiga kelishildi.

Shuningdek Hayʼat yigʻilishida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali tomonidan ishlab chiqilgan “Intensiv bogʻlarni tuproq ichidan sugʻorishning suv tejamkor texnika va texnologiyasi” amaliy loyihasiga 209,9 mln. soʻm mablagʻ ajratishga qaror qilindi.

Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida tuproq ichidan sugʻorish texnologiyasi takomillashtiriladi va hosildorlik yerdan unumli foydalanish 20-25%ga oshishi koʻzda