Buxoro viloyatida ham birinchilardan boʻlib Oilaviy bolalar uyi ochishdek ezgu ishga qoʻl urgan Behbutovlar oilasi Mehribonlik uyidan 6 nafar oʻgʻil qizga gʻamxoʻrlik qilish uchun oila aʼzosi sifatida qabul qilib oldi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunga qadar Toshkent shahrida Xasanovlar oilasi, Toshkent viloyatida Egamurodovlar oilasi, Sirdaryo viloyatida Boltayevlar oilasi, Fargʻona viloyatida Valiyevlar va Komilovlar oilalari birinchilardan boʻlib oilaviy bolalar uylari faoliyatini yoʻlga qoʻygan edi.

Aynan Buxoro viloyatida esa 32-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan 2 nafar qiz oʻz oilasiga qaytarilgan edi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi matbuot xizmati.

Respublikamizning barcha viloyatlarida Oilaviy bolalar uylari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi davom etyapti.