Unda Davlat rahbarining viloyatga tashrifi chogʻida berilgan koʻrsatmalari, Hukumat komissiyasining joylarga chiqib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida berilgan topshiriqlari, shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni yana-da ragʻbatlantirish borasidagi dolzarb vazifalarining ijrosi masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha birinchi darajali vazifalar belgilab olindi. Tegishli idora va tarmoq birlashmalari rahbarlariga viloyatning tuman va shaharlariga chiqqan holda, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish topshirildi. Shuningdek, hududiy investitsiya dasturi doirasida tasdiqlangan qator loyihalar hayotga tatbiq etilishini jadallashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Infratuzilmaviy qurilish masalalari koʻrib chiqildi. Jumladan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlar tizimlarini modernizatsiya qilish hamda avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarning roʻyobga chiqarilishi oʻrganildi. Masʼul rahbarlar bajarilgan ishlar boʻyicha hisobotlarni taqdim etdilar va yaqin istiqboldagi rejalari haqida soʻz yuritdilar. Tasdiqlangan jadvallarning oʻz vaqtida bajarilishini va tegishli ish sifatini taʼminlash topshirildi.

Yigʻilish davomida tuman va shahar hokimlari hamda Buxoro viloyati sektor rahbarlari bugungi kundagi dolzarb muammolar haqida soʻz yuritdilar. Respublika va viloyat miqyosidagi rahbarlarga ularni hal etish boʻyicha aniq amaliy chora-tadbirlar koʻrish topshirildi.

Viloyatda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, tadbirkor va eksportchilarga amaliy yordam koʻrsatish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi bandligini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish bilan bogʻliq qator masalalar ham koʻrib chiqildi.

Yigʻilish yakunida mutasaddi rahbarlarga koʻrib chiqilgan yoʻnalishlarda vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida bajarish yuzasidan manzilli koʻrsatmalar berildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.