Unda viloyat hokimi oʻrinbosari M. Hamrayev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Yaxshiyev, Xalq taʼlimi vazirligi viloyat boshqarmasi hamda biriktirilgan homiy korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.
Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. AT “Aloqabank” Buxoro filialining homiylik mablagʻlari hisobidan xonalar zamonaviy taʼmirlanib, soʻnggi rusumdagi kompyuter texnikalari, interaktiv sensorli doskalar, 3D printer va arduino qurilmalari bilan taʼminlandi.
Ilm maskanida bu kabi imkoniyatlar oʻquvchilarning “Bir million dasturchisi” yirik loyihasida ishtirok etib, dasturlash yoʻnalishida ham oʻz bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.












