Ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi U.Shadiev, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari B.Shaxriyorov, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i S.Bobokalonov, G‘ijduvon tuman hokimi Sh.Ashurov hamda jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari «Turizm mahallasi»dagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bugungi kunda qadimiy «G‘ijduvon Qo‘rg‘oni» hududida qulay infratuzilma yaratilib, moddiy va madaniy meros obektlari, jumladan, «Eski tosh hammom» (XVI asr), «Bozori qaymoq» (XIX asr), «Boloi qassobon» (XIX asr) va «Boborahimboy» (XVI asr) masjidlarini hamda 10 dan ortiq qadimiy uylar, 20 ga yaqin oilaviy mehmon uylari va 10 dan ortiq hunarmand xonadonlari sayyohlar tashrifi uchun tayyorlangan.