Buxoroda 1 tup manzarali daraxtni kesgan fuqaro jarimaga tortildi

    Ushbu holat yuzasidan daraxtga shikast yetkazgan fuqaroning mahalladoshlari Buxoro shahar Ekologiya boshqarmasi boʻlimi inspektorlariga murojaat qilgan.

    Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Murojaatga asosan viloyat Ekologiya boshqarmasi boʻlimi inspektorlari holatni oʻrganganda Buxoro shahar “Havzinav” mahallasida yashovchi fuqaro X.B. oʻzi yashaydigan mahalla hududidan 1 tup manzarali aylanta daraxtini oʻsishdan toʻxtamaslik darajasigacha shikast yetkazgani aniqlandi.

    Hozirda huquqbuzar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan 8 500 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar 1 020 000 soʻm hisoblandi.