Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. fuqaro Sh.S.ni 15 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga joʻnatishini aytib, oldindan 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.